Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi
AQSHning Las-Vegas shahrida professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. U mezbonlar vakili Devid Stivensga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raund qilib belgilangan jang to‘liq davom etdi. Unda hamyurtimiz ustunlik qildi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa u faoliyatidagi 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqibining rekordiga esa 2-mag‘lubiyat qo‘shildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.