Turkiya Superligasi. "Rizespor" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol

Turkiya Superligasi. "Rizespor" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol
Turkiya Superligasi 28-tur doirasidagi \"Rizespor\" — \"Bodrumspor\" o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar himoyachisi Husniddin Aliqulov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Afsuski, hamyurtimiz o‘yinning 22-daqiqasida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinning 40-daqiqasida Samet Akaydin ikkinchi sariq kartochkasini olib, mezbonlarni qiyin holatda qoldirdi. Husniddin Aliqulov 45+3 daqiqada jarohat olgani sababli almashtirildi.

Ushbu bahs yakunida \"Rizespor\" o‘z maydonida 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Turkiya Superligasi. "Rizespor" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi, Aliqulovdan avtogol
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.