Barselona mehmonda Valyadolidni mag‘lub etdi

La Liga 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvda \"Barselona\" jamoasi safarda \"Valyadolid\" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv \"Valyadolid\"ning \"Xose Sorrilya\" stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 6-daqiqada Ivan Sanchesning goli bilan hisobni ochdi. Ammo ikkinchi bo‘limda \"Barselona\" javob qaytardi — Rafinhaning 54-daqiqadagi va Fermin Lopesning 60-daqiqadagi gollari jamoaga g‘alaba olib keldi.
Statistikaga ko‘ra, “Barselona” to‘pni 82% nazorat qilgan va 24 marta darvozaga zarba yo‘llagan. Jamoa 704 ta pas bajargan va ulardan 90 foizi aniq bo‘lgan. Mezbonlar esa atigi 4 ta aniq zarba bera olgan. Ushbu g‘alaba \"Barselona\"ning turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Statistikaga ko‘ra, “Barselona” to‘pni 82% nazorat qilgan va 24 marta darvozaga zarba yo‘llagan. Jamoa 704 ta pas bajargan va ulardan 90 foizi aniq bo‘lgan. Mezbonlar esa atigi 4 ta aniq zarba bera olgan. Ushbu g‘alaba \"Barselona\"ning turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













