Bortida Braziliya futbol jamoasi bo‘lgan samolyot aviahalokatga uchradi

Bortida Braziliya futbol jamoasi bo‘lgan samolyot aviahalokatga uchradi
Bortida Braziliya futbol jamoasi bo‘lgan samolyot aviahalokatga uchradi

Kolumbiyada 72 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan samolyot aviahalokatga uchradi.

Washington Post nashri bergan xabarga ko‘ra, samolyot Boliviyadan uchgan va Medelin aeroportiga kelish yo‘lida qulagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasi futbolchilari ham bo‘lgan. Ular Medelinga Kopa Sudamerikana musobaqasida «Atletiko Nasonal»ga qarshi 1 dekabrda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan uchrashuvga uchib ketayotgan bo‘lgan.
Bortida Braziliya futbol jamoasi bo‘lgan samolyot aviahalokatga uchradi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 27 futbolchi va bir qancha jurnalistlar bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.