Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" bilan shartnomasini uzaytirdi

Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" bilan shartnomasini uzaytirdi
Krishtianu Ronaldu “Al-Nassr” klubi bilan shartnomasini yana uzaytirdi, deb FootballTransfers xabar berdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistonida 2027-yil yozigacha qoladi.

“Al-Nassr” vakillari transfer yangiliklarini rasman e’lon qilgan. Ularning aytishicha, barcha shartlar kelishilgan va hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bu bilan klub o‘z yetakchi futbolchisini yana bir mavsumga saqlab qoldi.

Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining eng taniqli va ta’sirli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning shartnomasining uzaytirilishi klubning marketing va sport salohiyatini oshirishi kutilmoqda.
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.