Jervonta Devis zo‘ravonlik aybi bilan qamaldi

Yengil vaznda jahon chempioni hisoblangan amerikalik bokschi Jervonta Devis (30-0-1, 28 nokaut) Florida shtatida hibsga olindi.
Unga maishiy zo‘ravonlik sodir etgani bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Qo‘yilgan ayblov yuzasidan garov puli miqdori keyinroq ma’lum qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jervonta joriy yilning 16 avgustida Las-Vegas shahrida Lamont Rouchga qarshi revansh jangini o‘tkazishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil may oyida Baltimor shahridagi sud uni 2020 yil noyabridagi yo‘l-transport hodisasi uchun uch yillik sinov muddati, 90 kun uy qamog‘i va 200 soat majburiy jamoat ishlariga hukm qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unga maishiy zo‘ravonlik sodir etgani bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Qo‘yilgan ayblov yuzasidan garov puli miqdori keyinroq ma’lum qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jervonta joriy yilning 16 avgustida Las-Vegas shahrida Lamont Rouchga qarshi revansh jangini o‘tkazishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil may oyida Baltimor shahridagi sud uni 2020 yil noyabridagi yo‘l-transport hodisasi uchun uch yillik sinov muddati, 90 kun uy qamog‘i va 200 soat majburiy jamoat ishlariga hukm qilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













