«Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem»ni enga olmadi

«Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem»ni enga olmadi
«Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem»ni enga olmadi

Angliya chempionatining 15-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem Yunayted»ni qabul qildi. «Enfild»dagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Mezbonlar safida gollarga Adam Lallana va Divok Origi muallif bo‘ldi, «Vest Hem»ning gollari Dimitri Payet va Maykl Antonio tomonidan urildi.
[media=https://youtu.be/ROIpP_Z6ITE]
Endilikda «Liverpul» 31 ochkosi bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda, «Vest Hem» esa 13 ochko bilan 17-pog‘onada joylashgan.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuv «Sauthempton» va «Midlsbro» o‘rtasida kechib, mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Liverpul – Vest Hem 2:2
Gollar: 1:0 – 5 Lallana, 1:1 – 27 Payet, 1:2 – 39 Antonio, 2:2 – 48 Origi.
Liverpul – Karius, Matip, Klayn, Lovren (Klavan, 46), Milner, Xenderson, Lallana, Firmino, Veynaldum, Mane, Origi.
Vest Hem – Rendolf, Kressuell, Rid, Ogbonna, Lansini (Fernandesh, 78), Payet, Antonio, Obiang, Ayyu (Kerroll, 63), Nobl, Nordtveyt.
Ogohlantirishlar: Firmino (53), Mane (76).

Sauthempton – Midlsbro 1:0
Gol: 1:0 – 53 Bufal.
Sauthempton – Forster, van Deyk, Fonte, Martina, Bufal (Devis, 73), Uord-Prouz, Tadich (Redmond, 46), Klasi (Long, 85), Rodriges, Romeu, Makkuin.
Midlsbro – Valdes, Chembers, Fabio, Barragan, Gibson, de Ron, Kleyton, Forshou, Fisher, Stuani (Traore, 81), Rouds.
Ogohlantirishlar: Barragan (17), Tadich (22), Bufal (45), Forshou (52), Fonte (55), Romeu (58), Kleyton (80).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.