Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ning Ronaldu transferini tanqid qildi


\"Liverpul\" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp \"Manchester Yunayted\" Pol Pogba va Krishtianu Ronalduni jamoaga qaytarishi kerak emas edi, deb hisoblaydi. U bu fikrini The Diary Of A CEO YouTube kanaliga bergan intervyusida aytdi.
Euro-football.ru yozishicha, Klopp futbolchi qaytganida natija ko\'p hollarda oqlanmasligini ta\'kidladi. Kloppning so\'zlariga ko\'ra, agar u \"Manchester Yunayted\" murabbiyi bo\'lganida, Pogbani ham, Ronalduni ham qaytarmagan bo\'lardi.
U futbolchining avvalgi jamoasiga qaytishi kamdan-kam hollarda muvaffaqiyat olib kelishini aytdi. Ma\'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2021-yilda \"Manchester Yunayted\"ga qaytdi.
Biroq, 2022-yil oxirida portugaliyalik hujumchi klub bilan ziddiyat sababli jamoani tark etdi. Hozirda Ronaldu Saudiya Arabistonining \"Al-Nassr\" klubi sharafini himoya qilmoqda.
40 yoshli futbolchining shartnomasi 2027-yilgacha mo\'ljallangan.













