"Yuventus" 34 yillik antirekordni yangiladi

"Yuventus" 34 yillik antirekordni yangiladi

"Yuventus" 34 yillik antirekordni yangiladi
\"Yuventus\" jamoasi muvaffaqiyatsizliklar seriyasini davom ettirdi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya uchrashuvida turinliklar Rimning \"Latsio\" jamoasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv taqdirini Tom Bashićning 9-daqiqada kiritgan goli hal qildi. \"Yuventus\" ketma-ket sakkizinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Shuningdek, Opta maʼlumotlariga tayanib \"Gazeta.Ru\" xabariga ko‘ra, Igor Tudor boshchiligidagi jamoa ketma-ket to‘rt o‘yinda gol ura olmadi. Bu holat so‘nggi marta 1991 yilda, Luigi Maifredi bosh murabbiy bo‘lgan davrda kuzatilgan edi.

Hozirda \"Yuventus\" Italiya chempionatining turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 8 turdan so‘ng 12 ochko to‘plagan.

29 oktyabr, chorshanba kuni \"Bianconeri\" o‘z maydonida \"Udineze\"ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.