Matri: "Yuvening kayfiyati meni xavotirga solmoqda"


Italiyaning sobiq hujumchisi Alessandro Matri \"Yuventus\" jamoasidagi muammolar haqida fikr bildirdi. Turin grandi yakshanba kuni A Seriyasida \"Latsio\"ga qarshi o\'yinda (0:1) mag\'lubiyatga uchrab, ketma-ket uchinchi o\'yinda yutqazdi.
\"Yuventus\"ning hozirgi kayfiyati meni xavotirga solmoqda, garchi ikkinchi bo\'limda biroz javob reaksiyasini ko\'rish mumkin edi. Sakkiz o\'yin davomida g\'alabasiz qolish futbolchilarning ruhiyatiga ta\'sir ko\'rsatmasdan qolmaydi\", – deydi Matri italiyalik ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.
Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so\'ng, \"Yuventus\" A Seriyasi turnir jadvalida sakkizinchi pog\'onaga tushib ketdi. Matbuotda bosh murabbiy Igor Tudorning iste\'fosi haqidagi mish-mishlar tobora ko\'paymoqda, biroq klub rasmiylari bu ma\'lumotlarni rad etishda davom etmoqda.













