Rossiyaning turnirlarga qaytishi muhokamada

Rossiyaning turnirlarga qaytishi muhokamada
Rossiya futbol ittifoqining (RFI) sobiq prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiya terma jamoalarining rasmiy turnirlarga qaytish ehtimoli haqidagi xabarlarni izohladi. "Bu yerda eng muhim so'zlar — boshqa federatsiyalarning reaktsiyasini tekshirish zarurati.

FIFA va UEFA tomonidan yaxshi qaror qabul qilindi. Ular faqat minnatdorchilikka loyiq.

Shuningdek, RFI xodimlarimizni ham e'tirof etish kerak, chunki barchasi bizning bosimimiz ostida amalga oshmoqda", — deya Koloskovning so'zlarini "Sovetskiy Sport" nashri keltirgan. Rejaga ko'ra, ilk maydonga chiqadigan jamoa Rossiya ayollar terma jamoasi bo'ladi.

Ayollar jamoasi keyingi Jahon chempionatining saralash bosqichida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Saralash o'yinlari 2026-yil fevral oyida boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.