Lamin Yamal Mbappe rekordini takrorladi

“Barselona” vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasidagi “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (3:3) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yosh futbolchi ushbu nufuzli musobaqadagi faoliyati davomida 13 ta samarali harakatni amalga oshirdi (7 ta gol va 6 ta golli uzatma).
Bu natija 18 yoshdan kichik futbolchilar orasida rekord ko‘rsatkich bo‘lib, fransiyalik Kilyan Mbappening yutug‘iga tenglashadi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, avval bu rekord faqat Mbappega tegishli edi, u 19 yoshga to‘lguniga qadar 13 ta golga aloqador bo‘lgan.
Agar Yamal Chempionlar ligasining joriy mavsumida yana bir gol ursa yoki golli uzatma amalga oshirsa, u mutlaq rekord o‘rnatadi. Kataloniyaliklar musobaqaning guruh bosqichidagi 5-turida 25-noyabr kuni “Chelsi” bilan safarda o‘ynashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu natija 18 yoshdan kichik futbolchilar orasida rekord ko‘rsatkich bo‘lib, fransiyalik Kilyan Mbappening yutug‘iga tenglashadi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, avval bu rekord faqat Mbappega tegishli edi, u 19 yoshga to‘lguniga qadar 13 ta golga aloqador bo‘lgan.
Agar Yamal Chempionlar ligasining joriy mavsumida yana bir gol ursa yoki golli uzatma amalga oshirsa, u mutlaq rekord o‘rnatadi. Kataloniyaliklar musobaqaning guruh bosqichidagi 5-turida 25-noyabr kuni “Chelsi” bilan safarda o‘ynashadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













