Dekuning fikri: "Barselona" qayerda kuchayishi mumkin

Dekuning fikri: "Barselona" qayerda kuchayishi mumkin
Barselonaning sport direktori Deko jamoa hozirgi mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida fikr bildirdi. "Biz qayerda kuchayishimiz va qanday qiyinchiliklarga duch kelishimizni aniq bilamiz.

O'tgan mavsumda ham og'ir damlarni boshdan kechirdik, lekin ularni yengib o'tishga muvaffaq bo'ldik. Forma tiklash, birlikni saqlash va tinimsiz ishlash — mana, bizga kerak bo'lgan narsalar", — dedi Deko Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

"Ko'k-anorranglilar" Ispaniya chempionatining 11-tur yakunlariga ko'ra, turnir jadvalida 25 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. La Ligada peshqadam bo'lgan "Real"dan ular hozircha besh ochko ortda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.