Atletiko 20 yoshli iqtidor uchun kurashda

Atletiko 20 yoshli iqtidor uchun kurashda
Madridning "Atletiko" klubi Braziliyaning "Korintians" jamoasi markaziy yarim himoyachisi Breno Bidon uchun kurashga qoʻshildi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, "Atletiko" 20 yoshli futbolchini qoʻlga kiritish uchun 18 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, "matraschilar" "Sporting", "Napoli" va "Manchester Yunayted" kabi kuchli raqiblar bilan raqobatlashishiga toʻgʻri keladi.

Oʻtgan yozda Breno Bidonga Moskvaning "Spartak" va Sankt-Peterburgning "Zenit" klublari ham qiziqish bildirgan edi. 2025-yilgi mavsumda Breno Bidon barcha musobaqalarda 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.