Milan Ikarini transfer qilishi mumkin

Milan Ikarini transfer qilishi mumkin

Milan Ikarini transfer qilishi mumkin
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi Turkiyaning \"Galatasaray\" klubini tark etishi mumkin. Agar bu sodir bo\'lsa, futbolchini o\'z safiga qo\'shishni istayotgan jamoalardan biri Italiya grandlaridan \"Milan\" bo\'lishi mumkin.

Bu haqda pianetamilan.it xabar bermoqda. Ta\'kidlash joizki, Ikardi ilgari \"Inter\" safida to\'p surgan.

Shu bilan birga, nemis jurnalisti Florian Plettenbergning xabariga ko\'ra, Istanbulning \"Galatasaray\" klubi Ikardini qo\'yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Klub yaqin kunlarda muzokaralarning birinchi bosqichini o\'tkazishni ham reja qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.