Lineker: "Arsenal" Chempionlar ligasini yutishi mumkin

Lineker: "Arsenal" Chempionlar ligasini yutishi mumkin
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker bu yilgi Chempionlar ligasi musobaqasida gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlarni tahlil qilib, "Arsenal" ham sovrin uchun kurashishga qodir ekanini taʼkidladi. Linekerning fikricha, Chempionlar ligasining asosiy favoritlari qatorida hali ham Angliya, Ispaniya va Germaniyaning yetakchi klublari, jumladan, "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Bavariya" bor.

Unga koʻra, "Arsenal" ham tarkibini mustahkamlab, oʻzining barqaror oʻyini bilan ushbu guruhga qoʻshilgan. Linekerdan "Arsenal"ning joriy mavsumda Chempionlar ligasini yutish imkoniyati haqida soʻrashganda, u bu musobaqada gʻolib chiqish juda murakkab ekanini aytdi.

Biroq, uning soʻzlariga koʻra, Mikel Artetaning jamoasi ayni damda juda kuchli koʻrinmoqda va muvaffaqiyatga erishishi ehtimoli yuqori. "Arsenal" juda kuchli jamoa, va bu safar ularning imkoniyatlari ancha yuqori, chunki tarkib oldingiga qaraganda kuchliroq.

Bu mavsum ularning yili boʻlishi mumkin, albatta," - dedi Lineker Marca nashriga bergan intervyusida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.