Manchester Yunayted yosh portugaliyalikni nishonga oldi

Manchester Yunayted yosh portugaliyalikni nishonga oldi

Manchester Yunayted yosh portugaliyalikni nishonga oldi
Manchester Yunayted Lissabonning Sporting klubi yarim himoyachisi Salvador Blopani o\'z safiga qo\'shib olishga qiziqmoqda. 18 yoshli futbolchi Sportingning asosiy jamoasi safida faqat bitta o\'yin o\'tkazib, unda Alverka darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo\'lgan (5:1).

Mail Sport xabariga ko\'ra, \"qizil iblislar\" iste\'dodli futbolchini sinchkovlik bilan kuzatishmoqda va yaqin kelajakda uni sotib olish masalasini ko\'rib chiqmoqda. Blopa o\'zining universalligi bilan ajralib turadi: u ikkala qanotda deyarli har qanday pozitsiyada to\'p sura oladi, ammo u ko\'pincha o\'ng qanotda o\'ynaydi.

Yosh futbolchining Portugaliyaning 19 yoshgacha bo\'lgan terma jamoasi safida 8 uchrashuvda 2 ta gol urganligi ham uning iqtidorini tasdiqlaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.