Maldini Milan mavsumi haqida gapirdi

Maldini Milan mavsumi haqida gapirdi
Italiyalik jurnalistlar Paolo Maldinidan "Milan" jamoasining yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri boshchiligidagi o'yinlari haqida fikr so'rashdi. 2023 yil yozining boshida klubni unchalik yoqimli bo'lmagan sharoitlarda tark etgan afsonaviy sobiq futbolchi "rossoneri" haqida gapirish unga biroz og'ir ekanligini yashirmadi.

"Menga "Milan" haqida gapirish biroz qiyin, ammo klubning o'tgan yilga nisbatan turnir jadvalida yaxshiroq o'rinda ekanligidan xursandman", - dedi Maldini pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda "Milan" Italiya chempionatining turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.