Asensio Arda Gyulerning kelajagini baholadi

Asensio Arda Gyulerning kelajagini baholadi
Futbolchi Marko Asensio "Real Madrid"ning yosh yulduzi Arda Gyulerning kelajagi haqida fikr bildirdi. Turk yarim himoyachisi o'z faoliyatini "Fenerbaxche"da boshlagan va 2023 yilda "qirollik klubi"ga o'tgan.

"Gyuler ulkan talantga ega va yuqori darajada o'ynayapti. Ishonamanki, kelajakda u hozirgidan ham kuchli bo'ladi.

Arda hali juda yosh va "Real"da rivojlanishini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlarga ega", – deydi 2015-2023 yillar oralig'ida "Real Madrid" sharafini himoya qilgan Asensio. 20 yoshli Gyuler joriy mavsumda Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa safida 16 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.