Meriño Pedrini Rodridan ustun qoʻydi

Meriño Pedrini Rodridan ustun qoʻydi

Meriño Pedrini Rodridan ustun qoʻydi
Londonning \"Arsenal\" klubi yarim himoyachisi Mikel Meriño Ispaniya terma jamoasidagi yulduzlar – Pedri va Rodri oʻrtasida murakkab tanlov qildi. \"Barselona\" va \"Manchester Siti\" yarim himoyachilaridan birini tanlashda, \"kanonirlar\" vakili Pedrini afzal koʻrdi.

Meriño, shuningdek, Pedrini oʻz jamoadoshi Martin Edegor, \"Barselona\"dan Frenki de Yong va PSJdan Vitinya kabi futbolchilardan ustun qoʻydi. \"Meriño yoki Pedri?\" degan savolga futbolchi yana Pedrini tanlaganini aytdi.

Yaqinda Ispaniya terma jamoasi Gruziyani 4:0 hisobida magʻlub etib va soʻnggi turda Turkiya bilan 2:2 hisobida durang oʻynab, 2026-yilgi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.