Flik Yamal, Rafinyo va Reshford haqida gapirdi

Flik Yamal, Rafinyo va Reshford haqida gapirdi
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa hujum chizigʻi futbolchilari Lamin Yamal, Rafinyo va Markus Reshfordning holati haqida gapirdi. "Yamal soʻnggi ikki hafta davomida astoydil ishladi.

Men uning mashgʻulotlaridagi ishtirokidan mamnunman. Bu jarohatning oʻziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor, lekin uning holati yaxshi deb oʻylayman.

Reshfordning esa kecha va bugun harorati boʻldi. Yaxshi yangilik shundaki, Rafinyo safga qaytdi.

Ertaga u oʻn-oʻn besh daqiqa yoki undan koʻproq oʻynashi mumkin. Muhimi, u jamoaga qaytdi," — dedi Flik jurnalistlarga.

22-noyabr, shanba kuni "Barselona" oʻz maydonida "Atletik"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.