Liverpul Lesterning antirekordini takrorladi

Liverpul Lesterning antirekordini takrorladi
Angliya Premer-ligasining 12-turida "Liverpul" o'z maydonida "Nottingem Forest"ga 0:3 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. OptaJoe ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" Angliya chempioni sifatida yangi mavsumning dastlabki 12 turida oltita mag'lubiyat qayd etgan to'rtinchi jamoaga aylandi.

Bungacha bunday holat faqat 1995/96-yilgi mavsumda "Blekbern", 2015/16-yilgi mavsumda "Chelsi" va 2016/17-yilgi mavsumda "Lester" bilan yuz bergan edi. Hozirda "Liverpul" Premer-liga jadvalida 18 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

Jamoa yetakchidan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda. Keyingi turda Arne Slot shogirdlari safarda "Vest Xem" bilan uchrashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.