Barselona ketma-ket 33 o'yinda gol urmoqda

Barselona ketma-ket 33 o'yinda gol urmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Kamp Nou" stadioniga qaytib, Bilbao "Atletik" jamoasini toʻrt javobsiz gol bilan magʻlub etdi. Bu "Barselona" uchun Ispaniya La Ligasidagi ketma-ket 33-oʻyin boʻlib, unda jamoa kamida bitta gol urishga muvaffaq boʻldi.

"Barselona" soʻnggi marta 2024-yilning 15-dekabrida La Liga doirasida "Leganes"ga qarshi oʻyinda gol ura olmagan edi. Oʻsha uchrashuvda jamoa oʻz maydonida minimal hisobda magʻlub boʻlgandi.

Ushbu ketma-ketlik "Barselona" uchun 2019-yildan beri eng yaxshi natija hisoblanadi. Oʻsha davrda jamoani Ernesto Valverde boshqargan va klub ketma-ket 37 oʻyinda gol urgan edi.

Keyingi turda "Barselona" yana oʻz maydonida oʻynaydi va bu safar "Alaves" klubiga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.