Xabi Alonso Vinisius bilan munosabatlari haqida gapirdi

Xabi Alonso Vinisius bilan munosabatlari haqida gapirdi
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Vinisius Junior bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi. "Vinisius bilan munosabatlarimiz juda yaxshi.

U bizning asosiy futbolchilarimizdan biri va biz o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlarga egamiz. Biz o'yinlardan oldin suhbatlashamiz – u mening fikrlarimni biladi, men esa uning fikrlarini tushunaman.

Bu qarorlarni birgalikda qabul qilishning eng yaxshi usuli", dedi Alonso. Ushbu so'zlarni jurnalist Fabricio Romano TNT Sports Braziliya bo'limiga tayanib ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi.

Chorshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida mehmondagi o'yinda "Olimpiakos"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin voqealarini matnli translyatsiya orqali kuzatishingiz mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.