Mbappe mavsumda 21 gol urdi

Mbappe mavsumda 21 gol urdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda fantastik samaradorlik ko'rsatmoqda. Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi "Olimpiakos"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida xet-trik qayd etdi.

Endilikda u "Real" safida o'tkazgan 18 o'yinda 21 ta gol urib, uch bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi. Mbappe hozirda Chempionlar Ligasi to'purarlar poygasida 8 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, u Ispaniya La Ligasi to'purarlar ro'yxatida ham 13 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Fransiya terma jamoasi sardori "Real"ga 2024-yilning yozida qo'shilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.