Bavariya Asllaniga qiziqish bildirmoqda

Bavariya Asllaniga qiziqish bildirmoqda
Bavariya sport direktori Kristoʻf Froynd Xoffenhaym hujumchisi Fisnik Asllaniga boʻlgan qiziqish haqida fikr bildirdi. 23 yoshli futbolchi Garri Keynning ehtimoliy oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan nomzod sifatida koʻrib chiqilmoqda.

Asllanini boshqa yirik klublar ham kuzatmoqda. "Yaxshi oʻyinchi, hujumkor va aqlli yigit.

Soʻnggi paytlarda jiddiy yutuqlarga erishdi. Asllani haqiqatan ham qiziqarli yosh futbolchi va u haqida koʻp gapiriladi.

Lekin, hozircha, biz jamoamiz tarkibidan va oʻyinlarimizdan mamnunmiz", – dedi Froynd Sky Sportga bergan intervyusida. Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga koʻra, Bavariya Asllani bilan dastlabki muzokaralar oʻtkazgan, biroq hali qaror qabul qilinmagan.

Shuningdek, kelasi yozda Xoffenhaym yetakchisi oʻz klubini almashtirishi deyarli aniq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.