Kamavinga navbatdagi oʻyinda maydonga tushishi mumkin

Kamavinga navbatdagi oʻyinda maydonga tushishi mumkin

Kamavinga navbatdagi oʻyinda maydonga tushishi mumkin
Madridning \"Real\" klubi markaziy yarim himoyachisi Eduard Kamavinga yaqinda \"Atletiko\"ga qarshi oʻyinda jarohati sabab maydonni tark etishga majbur boʻldi. Marca nashriga koʻra, futbolchi jiddiy jarohatdan qutulib qolgan.

Fransiyalik futbolchining chap toʻpigʻidagi paylar biroz choʻzilgani aniqlangan. Kamavinganing 7-dekabr kuni \"Selta\"ga qarshi oʻtkaziladigan keyingi oʻyinda qatnashishi haqida hali aniqlik yoʻq, ammo bu imkoniyat rad etilmagan.

Futbolchining holati ikki kun davomida tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlar doirasida 15 ta oʻyinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.