Real Madrid Rüdiger bilan muzokaralar o'tkazadi

Real Madrid Rüdiger bilan muzokaralar o'tkazadi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi Antonio Rüdiger bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda. 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Hozircha tomonlar shartnomani uzaytirish masalasida kelishuvga erishmagan. Mashhur jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko'ra, "Qirollik klubi" vakillari yaqin oylar ichida Rüdiger bilan uchrashuv o'tkazadi.

Nemis futbolchisi so'nggi paytlarda jarohatlar sabab o'yinlardan chetda qolmoqda, ammo jamoa sardorlaridan biri sifatida muhim rol o'ynashda davom etmoqda. Antonio Rüdiger "Real" safida 2022 yildan buyon to'p surmoqda.

Joriy mavsumda tajribali himoyachi uchta uchrashuvda maydonga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.