Real Madrid Xabi Alonsoni iste'foga chiqarishi mumkin

Real Madrid Xabi Alonsoni iste'foga chiqarishi mumkin
Real Madrid bosh murabbiyi Xabi Alonsoning jamoani tark etishi ehtimoli tobora kuchaymoqda. Ispaniyalik jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko‘ra, Chempionlar ligasi doirasida Manchester Siti bilan o‘tgan o‘yinda (1:2) mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Alonsoning mavqei keskin tushib ketdi.

"Alaves"ga qarshi kelasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga uchrashuvida yutuqqa erishgan taqdirda ham, murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin. Klub rahbariyati Alonsoning holatni o‘nglash qobiliyatiga ishonmayapti va uni ishdan olish masalasini vaqt masalasi deb bilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso joriy yil iyun oyida Karlo Anchelottini almashtirgan edi. Real Madrid va Alaves o‘rtasidagi bahs yakshanba kuni La Liga doirasida o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.