FIFA Argentinani 2026 JChdan chetlatishi mumkin

FIFA Argentinani 2026 JChdan chetlatishi mumkin
Argentinada futbol atrofida shov-shuvli mojaro yuzaga keldi. Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va uning prezidenti Klaudio Tapiya jiddiy qoidabuzarliklarda ayblanmoqda: xususan, mablag'larni o'zlashtirish hamda soliq to'lamaslik.

Marca va boshqa xalqaro OAV xabariga ko'ra, FIFA vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar tekshiruv jarayonida mahalliy hokimiyat futbol assotsiatsiyasi ishlariga aralashayotgani tasdiqlansa, FIFA sanksiyalar qo'llashi, hatto Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib tashlashi ham mumkin.

Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. FIFA ham Lionel Messi boshchiligidagi jamoaning navbatdagi mundialda qatnashmay qolishini istamasligi aniq.

Shu bois masala eng keskin chora ko'rishgacha borib yetishi ehtimoli katta emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.