Bartesagi gol urib, Maldini rekordiga yaqinlashdi

A Seriya 15-turida yakshanba kuni "Milan" va "Sassuolo" o'rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi. "Rossoneri" safida Davide Bartesagi dubl qayd etdi.
Bu 19 yoshli qanot himoyachining "Milan" asosiy jamoasidagi ilk gollari bo'ldi. Opta ma'lumotiga ko'ra, Bartesagi 1988 yildan beri A Seriyada "Milan" safida gol urgan eng yosh himoyachiga aylandi.
U 19 yosh-u 350 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ta'kidlanishicha, 1988 yil 28 fevral kuni Paolo Maldini bundan ham yoshroq — 19 yosh-u 247 kunligida — "Milan" safida gol urgan va keyinchalik klub afsonasiga aylangan.
"Milan" hozircha A Seriyada peshqadam, biroq tur yakuniga qadar "Napoli" va "Inter" uni ortda qoldirishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu 19 yoshli qanot himoyachining "Milan" asosiy jamoasidagi ilk gollari bo'ldi. Opta ma'lumotiga ko'ra, Bartesagi 1988 yildan beri A Seriyada "Milan" safida gol urgan eng yosh himoyachiga aylandi.
U 19 yosh-u 350 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ta'kidlanishicha, 1988 yil 28 fevral kuni Paolo Maldini bundan ham yoshroq — 19 yosh-u 247 kunligida — "Milan" safida gol urgan va keyinchalik klub afsonasiga aylangan.
"Milan" hozircha A Seriyada peshqadam, biroq tur yakuniga qadar "Napoli" va "Inter" uni ortda qoldirishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













