Ueyn Runi Aston Villaning chempion bo'lishiga ishonmayapti

Ueyn Runi Aston Villaning chempion bo'lishiga ishonmayapti
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Aston Villaning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Runi BBC Podcast dasturida shunday dedi: «Haqiqatga tik qarash kerak.

Unai Emeri aql bovar qilmas ish qilmoqda, garchi mavsumni yomon boshlashgan bo'lsa ham. Hozir vaziyatni o'nglashdi, ammo ular “Manchester Siti” yoki “Arsenal”dan yuqoriga ko'tarila olmaydi».

APLda 16 turdan so'ng Aston Villa 33 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam Arsenaldan atigi uch ochko ortda qolmoqda.

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.