Brunu Fernandesh MYUda qolishiga nima undaganini aytdi

Brunu Fernandesh MYUda qolishiga nima undaganini aytdi
Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» rahbariyati uni jamoada qolishga qanday ko'ndirganini ma'lum qildi. Avvalroq futbolchi klubni ikki bor tark etishi mumkin bo'lganini, biroq bunday qarorga kelmaganini tan olgandi.

«Agar klub bizning maqsadimiz hanuz eng yuqori natijalarga erishish ekanini aytmaganida, men «Manchester Yunayted»da qolmasdim», — deya Fernandesh so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano. Fernandeshning ta'kidlashicha, «Manchester Yunayted» Angliya va Yevropa maydonlarida o'z obro'sini tiklash, yana sovrinlar uchun kurashishga qaytishni ko'zlamoqda.

APLning 16 turidan so'ng mankunianlar 26 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.