Chexiya terma jamoasiga Miroslav Koubek bosh murabbiy bo'ldi

Chexiya terma jamoasiga Miroslav Koubek bosh murabbiy bo'ldi
Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga mahalliy mutaxassis Miroslav Koubek tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Jamoaning avvalgi ustozi Ivan Gashek Jahon chempionati saralash bosqichida Farer orollaridan 1:2 hisobida kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng lavozimini tark etgan edi. Koubek oldiga pley-off o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'tib, terma jamoani yakuniy turnirga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.

Mutaxassis bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Koubek avvalroq bir qator chex klublarida ishlagan.

Uning qo'l ostida "Viktoriya Plzen" 2015 yilda Chexiya chempioni bo'lgan va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan, "Kladno" esa 2006 yilda Chexiyaning ikkinchi divizionida g'olib chiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.