Mbappe Ronaldu rekordini takrorlab, unga murojaat qildi

Mbappe Ronaldu rekordini takrorlab, unga murojaat qildi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Sevilya"ga qarshi o'yindan (2:0) so'ng intervyu berdi. Uchrashuvda 27 yoshli fransiyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi.

Ushbu gol Mbappening joriy taqvim yilida "Real" safida urgan 59-goliga aylandi. Shu tariqa u klubning yil davomida kiritilgan gollar bo'yicha rekordini 2013 yilda xuddi shunday natijaga erishgan Krishtianu Ronaldu bilan bo'lishib turibdi.

Mbappening aytishicha, Ronaldu doimo unga yaxshi munosabatda bo'lgan, "Real"ga moslashish jarayonida yordam bergan va hozir ular do'st. Hujumchi Ronalduga eng ezgu tilaklarini yo'llab, Rojdestvo va Yangi yil bilan tabrikladi.

"Bu men uchun alohida kun. Men "Real" tarixidagi eng yaxshi futbolchi va bolalikdagi kumirim rekordini takrorladim.

Bugungi nishonlashimni aynan Ronalduga bag'ishladim, unga hurmatimni bildirmoqchi edim", deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Universal. Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu "Real" sharafini 2009 yildan 2018 yilgacha himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.