Kapello: Milan klubida sokin drama kechmoqda

Kapello: Milan klubida sokin drama kechmoqda
Juda omadli noyabrdan keyin Italiyaning “Milan”i dekabr oyida sur’atni pasaytirdi: “Sassuolo” kabi uncha kuchli bo‘lmagan jamoalarga qarshi o‘yinlarda yana ochkolar yo‘qotildi, shuningdek, kubok turniridan navbatdagi tezkor chiqib ketish ham kuzatildi — bu safar Italiya Superkubogidan. “Milan”ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello vaziyatdan xavotirda va bong urmoqda.

“Klub ichida qandaydir inqiroz bo‘layapti: ular ochkolarni yo‘qotyapti va keraksiz gollar o‘tkazib yuboryapti. Bu umuman Allegri uslubiga o‘xshamaydi.

‘Milan’ga himoyadagi ishonchlilikni zudlik bilan qaytarish kerak”, — deya Kapelloning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi. Eslatib o‘tamiz, “Milan” A Seriya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.