Holand Gvardiola ogohlantirishidan keyin vaznini ko‘rsatdi


Bir necha kun avval Xosep Gvardiola shunday degandi: agar «Manchester Siti»ning biror futbolchisi Rojdestvodan keyin klubga bir necha kilogramm ortiqcha vazn bilan kelsa, u futbolchi APLda «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinga bormaydi. «Shaharliklar» hujumchisi Erling Holand ijtimoiy tarmoqlarda tarozidagi natijasi tushirilgan suratni e’lon qildi.
Holandning ko‘rsatkichi — 94,4 kilogramm. Norvegiyalik futbolchi suratga «Hammasi zo‘r!» deb izoh qoldirdi.
«Nottingem Forest» va «Manchester Siti» shanba, 27 dekabr kuni o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













