Kanchelskis Safonov klubda oy futbolchisi bo‘lganini aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va «Manchester Yunayted»ning eks futbolchisi Andrey Kanchelskis «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning dekabr oyida klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida fikr bildirdi. Uni birinchi o‘ringa fransuz nashri Le Parisien qo‘ydi.
«Safonov juda zo‘r yigit! U berilgan imkoniyatdan foydalandi va so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi o‘ynadi.
Matveyni bunday yutuq bilan faqat tabriklay olaman. Uni haqli ravishda oyning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi», — deya Kanchelskisning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.
17 dekabr kuni Safonov qit'alararo kubok sohibiga aylandi: u Braziliyaning «Flamengo» jamoasiga qarshi finalda o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 4 ta zarbani qaytardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Safonov juda zo‘r yigit! U berilgan imkoniyatdan foydalandi va so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi o‘ynadi.
Matveyni bunday yutuq bilan faqat tabriklay olaman. Uni haqli ravishda oyning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi», — deya Kanchelskisning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.
17 dekabr kuni Safonov qit'alararo kubok sohibiga aylandi: u Braziliyaning «Flamengo» jamoasiga qarshi finalda o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 4 ta zarbani qaytardi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













