Arteta top-3 dagi Aston Villa kuchini e'tirof etdi

Arteta top-3 dagi Aston Villa kuchini e'tirof etdi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta navbatdagi raqib — APLning yuqori pog\'onalarida ketayotgan «Aston Villa» haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Unai Emeri qo\'l ostida birmuncha barqaror o\'yin namoyish etayotgan birmingemliklar bu natijalarga loyiq ekanini ta\'kidladi. Arteta «Aston Villa» maydonda yuqori saviyani ko\'rsatayotgani va shu bois olqishga munosibligini aytdi.

Hozirda «Arsenal» APL jadvalida 42 ochko bilan peshqadam. «Aston Villa» esa 39 ochko jamg\'argan holda uchinchi o\'rinda bormoqda.

Jamoalar 30 dekabr, seshanba kuni Londonda o\'zaro bahs o\'tkazadi. Uchrashuv 01:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.