Bavariya 2025 yilda Bundesligada 107 gol urdi

Bavariya 2025 yilda Bundesligada 107 gol urdi

Myunxenning «Bavariya» klubi 2025 yilgi milliy chempionat o'yinlarida urilgan gollar bo'yicha Yevropaning top-ligalarida yetakchilik qilmoqda. Bundesligada joriy yil hisobiga bavariyaliklar 107 ta gol jamg'ardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bundesliga tarixida bir kalendar yil ichida bundan ko'proq gol urgan klub faqat bir marta uchragan — bu natijani ham aynan «Bavariya» qayd etgan. Myunxen jamoasi 2021 yilda Germaniya chempionati doirasida 116 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, amaldagi Germaniya chempioni bo'lgan «Bavariya» joriy mavsumda ham peshqadam. 15-turdan keyin myunxenliklar hisobida 41 ochko bor — ya'ni ular 45 imkoniyatdan atigi 4 ochko yo'qotgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.