Jironada ter Shtegen masalasida qarashlar ikkiga bo'lindi

Jironada ter Shtegen masalasida qarashlar ikkiga bo'lindi

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Jirona” safiga o'tishi ehtimoli hanuz saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Oq-qizillar” nemis posbonini mavsum oxirigacha ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq Sport xabariga ko'ra, bosh murabbiy Michel klubning asosiy mablag'i “Barsa”ning yulduz darvozaboniga sarflanishini istamayapti. U ter Shtegenni top darajadagi golkiper deb baholagan bo'lsa-da, hozir ko'proq himoya chizig'i va yarim himoyani kuchaytirishga urg'u bermoqda.

Sport direktori Kike Karsel esa boshqacha fikrda: u ter Shtegenni “Jirona”da ko'rishni juda xohlaydi va futbolchining o'zi rozi bo'lsa, transfer amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.