Ruben Amorimning Manchester Uniteddagi kelajagi xavf ostida

Ruben Amorimning Manchester Uniteddagi kelajagi xavf ostida

«Manchester United» bosh murabbiyi Ruben Amorim klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar sabab lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni «qizil iblislar» «Lids» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng portugaliyalik mutaxassis transfer masalalarida o‘zining ta’siri yetarli emasligidan norozi ekanini bildirib, rahbariyat tomonidan yetarli ko‘mak sezmayotganiga ishora qildi. Jurnalist Aleks Kruk ma’lumotiga ko‘ra, shu bayonotlardan keyin Amorimning «Manchester United»dagi kelajagi jiddiy savol ostida qolgan.

Avvalroq xabar qilingandek, Amorim transfer bozorida mos nomzod topilsa, klub uning so‘rovi bo‘yicha yirik xaridni amalga oshiradi, deb kutgandi. Biroq hozircha jamoa tarkibini kuchaytirish rejalari amalga oshmasligi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.