Tchuameni Xabi Alonsoning Real bosh murabbiyligidan ketishini izohladi

Tchuameni Xabi Alonsoning Real bosh murabbiyligidan ketishini izohladi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni Xabi Alonsoning “qirollik klubi” bosh murabbiyi lavozimini tark etishi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Alonsoga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, “dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri” qo‘l ostida ishlashdan mamnun bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, u mutaxassisga keyingi faoliyatida omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 12 yanvar kuni iste’foga chiqarildi. Bo‘sh qolgan bosh murabbiylik o‘rniga Alvaro Arbeloa tayinlandi.

Alonso boshchiligidagi so‘nggi uchrashuvda madridliklar kataloniyalik “Barselona”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.