Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini belgiladi

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini belgiladi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon tugatish bo'yicha qarorini shakllantirdi. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, portugaliyalik yulduz amaldagi shartnomasi muddati yakunlangach, 2027 yil yozida Saudiya klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, aynan o'sha paytda Ronaldu katta ehtimol bilan futbol bilan ham xayrlashadi. 2027 yilga kelib, besh karra "Oltin to'p" sohibi 42 yoshda bo'ladi.

Ronaldu "Al-Nasr" safida 2023 yil boshidan buyon to'p surib kelmoqda. Hozir 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 o'yinda urgan 16 goli bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.