Djikiya agenti himoyachining kelajagi borasida izoh berdi

Djikiya agenti himoyachining kelajagi borasida izoh berdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Djikiya agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining klubdagi kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiyaning holati yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lgan, hozir esa u tiklanib ulgurgan va keyingi o‘yinda o‘ynashi kutilmoqda.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Djikiyaning bu mavsum Turkiya chempionatida hisobida 12 ta o‘yin va 2 ta gol bor. Futbolchining «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.