Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqarayotgan «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning «Sanfrecce Hiroshima» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada himoyachi Hayato Araki kiritgan gol hal qildi. Bu mag'lubiyat «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo'ldi.

Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Hiroshima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.