Denis Makarov Turkiyaga qanday yo'l olganini aytib berdi

Denis Makarov Turkiyaga qanday yo'l olganini aytib berdi

Hujumchi Denis Makarov Turkiyaning “Kayserispor” klubiga qanday kelib qolganini tushuntirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, u qishki yig'inlar boshlanishidan oldinyoq chamadonini tayyorlab qo'ygan, chunki tez orada boshqa jamoaga ketishini sezgan.

“Yig'inga bordim, oradan ikki kun o'tib agentim Aleksey qo'ng'iroq qildi va: ‘Turkiyadan variant bor. Xohlaysanmi?’ dedi. Men darrov rozi bo'ldim: yangi chempionat, yangi hissiyotlar”, — deya Makarovning fikrlarini “Chempionat” keltiradi.

Makarov ta'kidlashicha, “Kayserispor”ning murabbiyi va sport direktori bilan bo'lgan suhbatdan keyin tomonlar hamkorlik bo'yicha umumiy kelishuvga kelgan va masala tezda hal bo'lgan.

27 yoshli, avval “Dinamo”da to'p surgan vinger turk klubiga yarim yillik shartnoma imzoladi, bitimda uzaytirish bandi ko'zda tutilmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.