Vest Hem Lukas Paketani 42 million yevroga sotmoqda

Vest Hem Lukas Paketani 42 million yevroga sotmoqda

Yarim himoyachi Lukas Paketa klubini o‘zgartirmoqda. Insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, “Vest Hem” va “Flamengo” futbolchi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

London klubi chorshanba kuni “Flamengo”ning 42 million yevrolik taklifini qabul qilgan. Kelishuv rasman yakunlanishi uchun so‘nggi tafsilotlar qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli Paketa bir necha kun ichida Braziliyaga qaytadi va “Flamengo” bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Paketa “Vest Hem” safida turli musobaqalarda 139 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi hamda 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, “Vest Hem” hozirda Angliya chempionati jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.