Real Brahim Diasni APLning top klubiga qo'yib yubormadi

Qishki transfer oynasi yopilishidan oldin «Real»ning hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias APLning yetakchi jamoalaridan biriga ko'chib o'tishi mumkin edi. «Arsenal» Mikel Merinoning jarohati darajasi ma'lum bo'lganidan so'ng Diasni tarkibga qo'shish bo'yicha harakat boshlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq bitim amalga oshmadi: Madrid klubi qishki transferlar davrida hech qanday kelishuvga bormaslikni tanladi. Bu haqda Transfer News Live manbasi Africafootga tayangan holda xabar berdi.
Joriy mavsumda Dias «Real» safida 21 o'yinda maydonga tushdi. Marokashlik futbolchi bu uchrashuvlarda 1 gol va 4 assist qayd etgan.
Transfermarkt portali 26 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













