Jonathan Ta yetakchilik maydonda namuna bo‘lishdan boshlanishini aytdi

Jonathan Ta yetakchilik maydonda namuna bo‘lishdan boshlanishini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Jonathan Ta jamoada yetakchi bo‘lish nimani anglatishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining ta’kidlashicha, haqiqiy liderlik baland ovozda buyruq berish yoki kimnidir koyish emas, avvalo shaxsiy namuna ko‘rsatishdan boshlanadi. Uning aytishicha, u maydonda o‘z vazifasini sifatli bajarishga intiladi, markaziy himoyadagi sheriklariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, keyin bu yordam qanot himoyachilariga va oxir-oqibat butun jamoaga ta’sir qiladi. Ta uchun eng muhimi — konstruktiv bo‘lish, deya uning so‘zlarini Germaniyaning Sky nashri keltirdi.

Ma’lumot uchun, Jonathan Ta «Bavariya» safida jami 34 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.